Bosh prokuratura: xonadondagi vaziyat o‘rganildi, tegishli ko‘mak berish ta’minlanadi
Kecha qator internet saytlarida, jumladan, «Xabar.uz»da ham tanasidan 16ta igna chiqqan chaqaloq xonadonining og‘ir ahvoli haqida xabarlar berilgandi. Unda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi Xudoyberdiyevlar xonadonidagi vaziyat, ularning ikki yoshli farzandi Azizbekning tibbiy muolajasi bilan bog‘liq og‘riqli masala qalamga olingandi.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning saytimizga bildirishicha, kechaning o‘zida Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan zudlikda xonadondagi holat o‘rganilib, tegishli ko‘mak berish masalasi hal etilgan.
Og‘riqli holat bo‘yicha berilgan yoqimli xabar shunday yakunlanadi: «Bu masala viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter