Bosh prokuratura korrupsiya boshqarmasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bobomurod Abdullayev «ishi»da prokuror sifatida qatnashgan Bahrom Qobilov o‘rniga, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarligiga yangi xodim tayinlandi, deb xabar bermoqda «UzNews.uz».
Nashrning manbasiga ko‘ra, Bosh prokuratura korrupsiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga Ilyos Muhamedov tayinlangan.
Bunga qadar, Ilyos Muhamedov Yunusobod tumani prokurori yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Umrzoqov boshqarma boshlig‘i lavozimidan ketganidan so‘ng, uning o‘rniga Ulug‘bek Anvarov rahbar sifatida ish boshlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter