Bosh prokuratura jurnalist Akmal Toshev o‘limi sababini ma’lum qildi
2023-yil 8-mart kuni 37 yoshli jurnalist Akmal Toshev vafot etganligi yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.Toshevning o‘limi «Yurak tamponadasi, o‘pka arteriyasi anevrizmasining yorilishi, yurak tug‘ma nuqsoni, yurak bo‘lmachalari defekti»dan kelib chiqqan.
Tekshirish davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter