Bosh prokuratura Andijon shahri hokimligining sobiq mulozimlari tergov qilinayotganini tasdiqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov bir guruh shaxslar bilan 48 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani, tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olinganiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Xabar.uz Bosh prokuratura bilan bog‘landi. Mahkama matbuot xizmati Andijon shahar hokimligining bir guruh sobiq xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan olib borilayotganini tasdiqladi.
Biroq tergov siri nuqtai nazaridan boshqa tafsilotlar ochiqlanmasligi bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning avgustida Andijon shahar hokimi etib tayinlangan B.Haydarov bir necha bor quyushqonga sig‘mas xatti-harakatlari bilan jamoatchilik e’tiboriga tushgan, kuni kecha deputatlik daxlsizligidan mahrum etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter