Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh davlat sanitariya vrachiga katta vakolat berilmoqda

Bosh davlat sanitariya vrachiga katta vakolat berilmoqda

«Milliy tiklanish» DP fraksiyasining bugungi yig‘ilishida Mehnat kodeksining 113-moddasiga va «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonunning 28-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha tashabbus qo‘llab-quvvatlangan.

Qonun loyihalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga o‘z qarori bilan aholini profilaktik emlashdan o‘tkazishni joriy qilish vakolati berilmoqda.

Shuningidek, Mehnat kodeksida ish beruvchiga xodim tibbiy ko‘rik natijalari va shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra emlanishi kerak bo‘lsa-yu, emlanishni rad etsa xodimni ish haqini saqlamagan holda ishga qo‘ymaslik huquqi berilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring