Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boris Jonson IVL apparatiga ulanmadi

Boris Jonson IVL apparatiga ulanmadi

Boris Jonson

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ahvoli og‘irlashib, u intensiv terapiya palatasiga olib o‘tildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

«Bugun bosh vazirning ahvoli og‘irlashdi, shifokorlar uni intensiv terapiya palatasiga olib o‘tishga qaror qilishdi», – deb xabar berdi bosh vazir ofisi vakili.

Qayd etilishicha, Jonson hushini yo‘qotgani yo‘q va uni hali o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatiga (IVL) ulashga hojat yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusga chalingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring