Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bongbong» — Filippin prezidentligiga asosiy da’vogar, Menni Pakyao unga qarshi...

«Bongbong» — Filippin prezidentligiga asosiy da’vogar, Menni Pakyao unga qarshi...

Kichik Ferdinand Markos

Filippin Markaziy saylov komissiyasi Kichik Ferdinand Markosga qarshi da’voni rad etganidan so‘ng uning 9-may kuni o‘tkaziladigan saylovda qatnashish imkoniyati juda oshib ketdi, deb xabar berdi «Reuters».

Prezidentlikka nomzod Ferdinand Markos so‘nggi soliq hisobotini o‘z vaqtida topshirmaganlikda ayblangan edi.

Orollar mamlakatida «Bongbong» laqabi bilan tanilgan Kichik Ferdinand Markos — 20 yil (1965–1986-yillar) hukm surgan diktator-prezident Ferdinand Markosning o‘g‘li. Katta Markos o‘z davrida favqulodda holat joriy etib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy cheklab qo‘ygandi.

So‘rovnomalar Filippin federal partiyasi tomonidan nomzodi ilgari surilgan Kichik Markos saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini olishi mumkinligini ko‘rsatyapti. Ushbu davlat saylov tizimida saylovning ikkinchi turini o‘tkazish ko‘zda tutilmagan — birinchi turda kim eng ko‘p ovoz to‘plasa o‘sha prezident bo‘ladi.

«Bongbong»ga munosib raqiblar bormi?

Raqiblar bor, ammo hammasi «yengil vaznli»: mamlakat vitse-prezidenti Mariya Robredo, poytaxt Manila meri Fransisko Moreno, professional boks bo‘yicha jahon chempioni Menni Pakyao va boshqalar 9-may kuni Kichik Ferdinandga qarshi siyosiy ringga ko‘tarilishadi.

So‘rovnomada mutlaq ustunlik Kichik Ferdinand Markos tomonida.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring