Bomba topilmadi. Bishkekdagi maktab qayta ish boshlaydi
Bir muddat oldin Bishkek shahridagi maktablarning biriga bomba o‘rnatilgani haqida xabar tarqalgan va shu sabab odamlar maktab binosidan evakuatsiya qilinib, tekshiruv boshlangan edi.
Poytaxt politsiyasi bomba haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmaganini hamda maktabda ta’limni davom ettirish mumkinligini bildirdi.
Xabarda aytilishicha, kinolog va sapyorlar maktab binosini sinchiklab tekshirib chiqqan.
Binoga bomba joylashtirilgani haqidagi xabar politsiya mahkamasida bugun, soat 14:40 da qayd etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter