Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi»ga press-tur tashkil etildi

«Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi»ga press-tur tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 23-24-oktyabr kunlari «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Navoiy va Buxoro shaharlaridagi «Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi»ga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. 

Qayd etilishicha, ilk bor 2018-yilning avgust oyida pilot loyiha sifatida Parkent tumani FHDYO qoshida ochilgan maktab ko‘p o‘tmay, yaxshi natijalar bera boshladi. Barcha ishtirokchilar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv kurslariga ehtiyoj kattaligini hamda oilalar mustahkamligi va farovonligi uchun zarurligini ta’kidlagan holda, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, mazkur o‘quvlarni tashkil etilganligi va yoshlarga ko‘rsatilgan e’tibor uchun o‘z minnatdorligini bildirdilar.

Innovatsion maktablar faoliyatining monitoringi oila qurishga oid bilimlarga ega bo‘lish masalalariga qiziqishi katta ekanini ko‘rsatmoqda. Ushbu maktablarni bitiruvchilari orasida hozirga qadar oilaviy ajrashishlar, kelishmovchiliklar, psixologik nomutanosibliklar kuzatilmadi.

Mazkur innovatsion maktablarda:

  • «Oila» markazi mutaxassislari tomonidan Toshkentdagi Inha universiteti xodimlari ko‘magida yaratilgan «O‘smir qizlarni mustaqil hayotga va turmushga, ro‘zg‘or ishlarini yuritishga, har tomonlama oqila oila bekasi bo‘lishga tayyorlab borish uchun mo‘ljallangan «Oila saboqlari» deb nomlangan mobil ilova va yosh kelin-kuyovlar uchun yangi turmush qurayotgan yigit-qizlarning oila sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash mavzuidagi tavsiya va maslahatlar o‘rin olgan «Mustahkam oilaga yo‘llanma» nomli ensiklopedik yon daftarcha taqdim etiladi;
  • buyuk allomalarimiz, taniqli ijodkorlarimizning oilaparvarlik, farzandlik, kelin-kuyovlik, qaynona-qaynotalikning muqaddas burchlarini anglatishga, oilaviy rishtalarni mustahkam bog‘lashga va yoshlarimizning diniy-huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi kitoblaridan tarkib topgan «Ma’rifatli oila kutubxonasi» va oila mavzusiga bag‘ishlangan ta’sirchan video va animatsion filmlar, videoroliklar, infografik lavhalar asosida Mediatekadan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
  • innovatsion maktabda tahsil oladigan nikohlanuvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yoshlarbop, zamonaviy yutuqlaridan, rivojlangan davlatlar va xalqaro tashkilotlarning ilg‘or tajribalaridan samarali foydalangan holda, kreativ yondashuvlar va ilmiy-innovatsion usullarda mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Hozirga qadar respublikaning viloyat va tuman markazlarida 137 ta innovatsion maktab faoliyat olib bormoqda. Ularning faoliyatiga 400dan ziyod mutaxasislar jalb etilib, hozirga qadar 18 mingga yaqin juftlik yoki qariyb 36 ming nafar bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar o‘qitildi.

Respublikaning viloyat va tuman markazlarida 137 ta innovatsion maktab o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida mashg‘ulotlarni interaktiv usullarda, yoshlarga qiziqarli qilib o‘tkazish malakasiga ega bo‘lgan psixolog, iqtisodchi, huquqshunos kabi bir qator yetuk ekspertlar jalb etilgan.

Mazkur innovatsion maktab mashg‘ulotlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dars berilmoqda:

  1. Oilaviy hayot psixologiyasi
  2. Diniy va axloqiy tarbiya
  3. Oilaviy-huquqiy munosabatlar
  4. Reproduktiv salomatlik (ushbu mavzu yigit va qizlarga alohida o‘tiladi).
  5. Oila budjeti va iqtisodi
  6. Oila mustahkamligini ta’minlashda mahallaning o‘rni va hokazo.

«Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» o‘quv kurslarining ekspertlari o‘quv jarayonlarida yoshlarga, jumladan, quyidagi masalalar bo‘yicha saboq berishadi:

  1. Yoshlarga oilaviy hayotda uchraydigan muammolar hamda ularni oqilona bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumot va tavsiyalar berish.
  2. Oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yulga qo‘yish, nizolarning oldini olish.
  3. Sog‘lom turmush tarzi, jinsiy hayot psixofiziologiyasi, nikohdan tashqari munosabatlarning zararli oqibatlari va ularning oldini olish.
  4. Muhabbat, rashk, sadoqat, mehr-oqibat tuyg‘ularining oila mustahkamligiga ta’siri.
  5. Ayol va erkak psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan oilalar mustaxkamligini ta’minlashda foydalanish.
  6. Oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, zamonaviy namunali oilani shakllantirishda milliy qadriyatlarning ahamiyati.
  7. Islom dini va uning oilalar mustahkamligini ta’minlashdagi ahamiyati (Qur’oniy tavsiyalar mohiyati bilan tanishtirish).
  8. Oilaviy munosabatlarning‘ yemirilishi, ajrashishlar bilan bog‘liq jarayonlarda huquqiy masalalar (mulkiy huquq va majburiyatlar; er-xotin, bolalar manfaatlari va h.k.).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring