Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolgariyalik harbiy uchuvchi Ginnessning yangi rekordini o‘rnatdi

Bolgariyalik harbiy uchuvchi Ginnessning yangi rekordini o‘rnatdi

Bolgariyalik uchuvchi Nikolay Kalayjiyev 1 soat ichida uchib-qo‘nishlar bo‘yicha Ginnessning rekordini yangiladi, deb xabar berdi Bolgariya milliy radiosi.

Uchuvchi 60 daqiqa ichida o‘ta yengil samolyotni 40 marta uchirib-qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi (eski rekord — 36 marta edi), parvoz 300 metrgacha balandlikda amalga oshirildi.

«Bunday ekstremal sharoitlarda eng muhimi — xotirjamlikni saqlash. 2016-yildan buyon barcha turdagi harbiy va fuqarolik samolyotlarida uchib ko‘rdim, 500 soatga yaqin osmonda bo‘ldim», — dedi Kalayjiyev.

35 yoshli Nikolay Kalayjiyev — fuqarolik aviatsiyasi va akrobat-uchuvchi litsenziyalariga ega harbiy uchuvchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring