Bolgariyada tamaki tutatishga qisman ruxsat beriladi
Bolgariyada demografiya siyosatiga mas’ul bosh vazir muovini Valeriy Simionov 2010 yilda yopiq maskanlarda tamaki chekish bo‘yicha o‘rnatilgan taqiqning qisman olib tashlanishini bildirdi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar tarqatdi.
Bosh vazir muovini Bolgariya televideniyesiga intervyu bera turib, tamaki chekishga qo‘yilgan taqiq turizm mavsumida qisman olib tashlanib, restoran, bar, kafelarning ayrim bo‘limlarida chekishga ruxsat etilishini aytdi.
Bosh vazir muovinining bu taklifini mudofaa vaziri Krasimir Karakachanov ham qo‘llab-quvvatlagan. «Shunday yo‘l tutsakkina turizm mavsumida yutqazmaymiz», – deya bosh vazirning so‘zini tasdiqlagan Krasimir Karakachanov.
Bolgariyada tamaki chekishga taqiq qo‘yilgan dastlabki yillarda aholi taqiqni olib tashlash uchun turli yo‘llarni axtargan, lekin buning uddasidan chiqmagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter