Bolasini qiynab videoga olgan ayolga nisbatan «ish» ochildi
Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolasini qiynayotgani aks etgan videolar tarqalgan va holat Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qishloqlarning birida sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.
Viloyat IIB mazkur voyeqa munosabati bilan tegshli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bolalarini qiynagan 23 yoshli ayol holati yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro X.U.ning himoya huquqi ta’minlangan holda jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu oila hamda bolalar bilan ishlash uchun mutaxassis psixologlar jalb etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter