Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolasini ayiqqa tashlagan ayol «jinnixona»ga yuborildi

Bolasini ayiqqa tashlagan ayol «jinnixona»ga yuborildi

18 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Z. To‘laganova (1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan sud jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi.

E’lon qilingan sud ajrimi bilan Z. To‘laganova ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan, deb topilib, uning Toshkent Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklari shifoxonasida majburiy davolanishi belgilandi, deyiladi xabarda.

Ushbu ajrimdan norozi tomonlar 20 sutka muddat ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishga haqli.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida Toshkent hayvonot bog‘ida ona o‘zi qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgandi. So‘ngra qizcha qutqarilib, shifoxonada davolanib chiqqandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring