Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolasini ayiq qafasiga tashlagan ona ruhiy kasallar ro‘yxatida turishi ma’lum bo‘ldi

Bolasini ayiq qafasiga tashlagan ona ruhiy kasallar ro‘yxatida turishi ma’lum bo‘ldi

Bosh prokuratura Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborganligi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilayotganini xabar bergandi. 

Mahkama matbuot xizmatiga ko‘ra, ishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021-yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan.

Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati onasi ayiqning oldiga tashlab yuborgan qizchaga bir umrlik bepul kirish huquqini taqdim qilgani ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring