Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘lajak kuyov to‘y xarajatlari uchun 48 million so‘mlik tovarni o‘g‘irladi (video)

Bo‘lajak kuyov to‘y xarajatlari uchun 48 million so‘mlik tovarni o‘g‘irladi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tamaki mahsulotlari do‘konidan jami 48 million 191 ming so‘mlik tovar o‘g‘irlandi. O‘g‘ri bu yerdan 6 qop va yana 6 quti tamaki olgan va kuzatuv kamerasini ham ishdan chiqargan.

Tezkor qidiruvlar natijasida aybdor Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi Tursunxo‘ja Isroilov bo‘lib chiqdi.

Ayblanuvchi yaqinda to‘yi bo‘lishi va yetishmovchilik sabab shu ishga qo‘l urganini ma’lum qilgan.

T.Isroilov Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi  tomonidan Jinoyat kodeksi 169–moddasi, 3-qismi, «a» bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring