Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunlashdi

Bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunlashdi

Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatida qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar nihoyasiga yetdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova

Kumush medal:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Bronza medal:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova

Ertaga yigitlar o‘rtasidagi final janglari o‘tkaziladi. Unda 10 nafar hamyurtimiz chempionlik uchun bahs olib borishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring