Bo‘ka tumani soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi
Imomov Shuhratali Tayirovich Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sh.Imomov 1977-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Soliq sohasidagi mehnat faoliyatini 1999-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlab, 2008-yilgacha mazkur tuman soliq inspeksiyasida turli lavozimlarda ishlagan.
2008-2012-yillarda Davlat soliq qo‘mitasining Rejim va kadrlar bilan ishlash bosh boshqarmasi davlat soliq xizmati organlarida xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimi sifatida faoliyat olib borgan.
2012-2016-yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, 2016-2017-yillarda Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, 2017-yildan yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter