Bojxona bojlarida imtiyoz berilgan oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlagan – vazirlik
Joriy yil mart oyidagi 36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekistonga import qilishga 2024-yilgacha (yana 2 tasi – 2023-yil 1-sentyabrgacha) bojxona bojining nol stavkasini joriy etish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilingach, mazkur tovarlarning 24 turi bo‘yicha narxlarning pasayishi kuzatilgan.
Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilmoqda.
Ta’kilanishicha, bu tahlil imtiyoz joriy etilgandan keyingi dastlabki 10 kunni (ya’ni joriy yil 4 aprel holatiga) o‘z ichiga oladi.
Narxlarning pasayishi, ayniqsa xurmo (16 foiz), olma, behi va nok (42 foiz), konservalangan baliqlar (50 foiz), mineral suvlar (40 foiz) hamda oq shokolad yoki tarkibida kakao bo‘lmagan konfetlar (24 foiz)da sezilarli kuzatilgan.
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, narxlarning pasayishi chakana savdoda ham kuzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter