Bog‘dan topilgan adashgan «kuchukcha» boshqa hayvon bo‘lib chiqdi
Avstraliyalik Brayta ismli ayol ertalab bog‘da qandaydir hayvonning ingrashini eshitdi va tashqariga chiqib ovoz kelayotgan tomonga yurdi. Hech qancha yurmasdan kichkina «kuchukcha»ni ko‘rib qoldi, u jarohat olgan edi.
Shifokor «kuchuk»chani tekshiruvdan o‘tkazarkan, nimadir noto‘g‘ri ekanligini sezdi va undan DNK namunasini oldi. Bir necha hafta o‘tgach, natija keldi – adashgan hayvon umuman it emas, balki yovvoyi hayvon – dingo ekanligi aniq bo‘ldi.
Endi yosh dingo yashash uchun qo‘riqxonaga ketadi. Aytgancha, yosh dingo haqiqiy jangchi bo‘lib chiqdi – uning tanasidagi yaralar shunchaki jarohat emas edi. Ya’ni shifokorlar dingoni burgut o‘g‘irlab ketgan va kichkintoy yirtqichning tirnoqlaridan qutulishga muvaffaq bo‘lgan, degan xulosaga kelishdi. Jarohati chuqur bo‘lishiga qaramay yosh dingo ancha yo‘l bosib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter