Bog‘chalarning qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

7-14-sentyabr kunlari Toshkent va Toshkent viloyati tumanlarida bittadan 5-7 yoshli bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari ochilmoqda.
14-sentyabrdan boshlab ushbu jarayon mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 4-5 yoshli bolalar uchun o‘rta guruhlar ochilishi oktyabr oyiga, 3 yoshli bolalardan iborat kichik guruhlar ochilishi esa noyabr oyiga rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilindi, deya yozmoqda O‘zA.
– Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin, – dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. – Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamay turadi.
Har bir guruhda tarbiyalanuvchilarning maksimal soni 15 nafar etib belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter