Bog‘chalar yopildi: ishlovchi ota-onalarga huquqiy maslahat
Ma’lumki, kuni kecha barcha davlat MTMlari va boshqa ta’lim muassasalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
«Huquqiy axborot» kanalida karantin davrida ota-onalarning ishdan ozod qilinishi masalasiga izoh berib o‘tildi.
Qonunchilikka ko‘ra, bog‘chada yoki 6 yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter