Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chada bolaning kaltaklanishi bo‘yicha IIB munosabat bildirdi

Bog‘chada bolaning kaltaklanishi bo‘yicha IIB munosabat bildirdi

«Samarqanddagi bog‘chada 1 yoshli go‘dak kaltaklangani aytilmoqda» sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

5-avgust kuni Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi Sh.N. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahridagi «Mechta» xususiy bog‘chasi tarbiyachisi shu bog‘chada tarbiyalanadigan 1 yoshli farzandi R.I.ning yuz qismiga urganligi bayon qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ekspertizalar tayinlangan.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring