Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatganlik uchun subsidiya beriladi

Bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatganlik uchun subsidiya beriladi

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab ko‘chat payvandtaglari uchun barcha turdagi subsidiyalar bekor qilindi. Ushbu tartib «Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-344-sonli qarorda belgilab qo‘yildi.

Shu bilan birga, 2025-yil 1-yanvardan quyidagilarga belgilangan miqdordagi subsidiyalar ajratiladi:

  • intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun sifat darajasini belgilovchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda 1 gektar uchun 16 mln so‘mdan oshmagan miqdorda;
  • suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun  suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha;
  • «in-vitro» usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun  ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida.

Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida meva va tok ko‘chatlarini sertifikatlashtirish tartibi ishlab chiqilib, ko‘chatlarni sertifikatlashtirish tizimi joriy qilinadi. 

Ma’lumot uchun qaror bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2024-2027 yillarda 8,2 ming ga yer maydonida anjir, 2 ming ga yer maydonida funduk va 477 ga yer maydonida zaytunzorlarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring