Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«BMW» Buyuk Britaniyadagi o‘zining 312 ta modelini qaytarib oladi

«BMW» Buyuk Britaniyadagi o‘zining 312 ta modelini qaytarib oladi

Foto: «NV.ua»

«BMW» kompaniyasi ayrim modellarining harakatlanish vaqtida qisqa tutashuv yuzaga kelayotgani sabab o‘z avtomobillarini qaytarib oladi, deb xabar berdi «NV.ua».

Bu turdagi nuqsonlar kuzatilayotgan modellar orasida «BMW» 1 va 3 seriyalari, shuningdek, benzin va dizelli Z4 va X1 modellari mavjud. Ular 2007-yildan 2011-yilga qadar ishlab chiqarilgan.

Avtomobil ishlab chiqaruvchiga 2011-yildayoq elektrotexnik nosozlik haqida shikoyatlar kelib tushgan.

«Hozirda biz avtomobillarimizning energiya uzatish qismida yana shu kabi muammolar borligiga ishonch hosil qildik. Iste’molchilarimizni bizning avtomobillarimiz xavfsiz ekanligiga ishontirish maqsadida o‘z ixtiyorimiz bilan ayrim modellarimizni qaytarib olishga qaror qildik», — deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «BMW» o‘tgan yili xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sabab o‘zining 36 mingta avtomobilini qaytarib olgan edi.

Bunga Buyuk Britaniyada Narayan Gurung ismli fuqaro o‘zining rafiqasi bilan birga avtomobilda harakatlanayotib kutilmaganda halokatga uchragani sabab bo‘lgan. Aniqlanishicha, o‘shanda «BMW» modelining elektr uzatish tizimida nosozlik bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring