BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi fotosuratlar tanlovini e’lon qildi
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan #Faces of Diversity fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovda barcha xohlovchilar: havaskorlardan tortib professional fotosuratchilargacha teng huquqda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov ishtirokchilari fotosuratni «Facebook», «Twitter» yoki «Instagram» ijtimoiy tarmoqlaridagi o‘z sahifalariga yuklashlari, unga tegishli ta’rif va #FacesofDiversity tanlovi xeshtegini ilova qilishlari hamda tanlov sahifasini belgilashlari talab qilinadi. Belgilangan vaqt davomida «Instagram»da eng ko‘p layk to‘plagan ishtirokchi (fotosuratlar tashkilotchilar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan xeshteg asosida topiladi va https://www.instagram.com/faces_of_diversity/ sahifasiga yuklanadi) g‘olib deb topiladi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchi O‘zbekistondagi ayollar faoliyat yuritadigan kasblarning rang-barangligini aks ettiradigan bitta fotosurat yoki fotosuratlar turkumini (fotoloyiha) yuklashi mumkin.
Tanlovga taqdim etiluvchi fotosuratlar mualliflik ishlari bo‘lishi va aynan ushbu tanlov uchun olingan bo‘lishi zarur.
Tanlov natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan 3 nafar g‘olib aniqlanadi, e’lon qilinadi va mukofotlanadi. Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan fotosuratlar galereya tuzish maqsadida cheklanmagan miqdorda tanlab olinadi, ularning egalari ham e’lon qilinadilar va mukofotlanadilar. Eng ko‘p layk to‘plagan 3 nafar g‘olib BMT galereyasi ishtirokchilari va fototanlov g‘oliblarining sertifikatlari hamda esdalik sovg‘alarini (1-o‘rin – planshet; 2-o‘rin – telefon; 3-o‘rin – qattiq disk. Tashkilotchilar tomonidan fotosuratlari tanlangan ishtirokchilar BMT fotogalereyasi ishtirokchilari sertifikatlari, bloknotlar, ruchkalar, fleshkalar yoki boshqa esdalik sovg‘alariga ega bo‘ladilar) qo‘lga kiritadi.
Tanlov 1 noyabrdan 20 noyabrga qadar davom etadi. Natijalar 21 noyabrdan 25 noyabrgacha e’lon qilinadi. Tanlov ishtirokchilari fotosuratni tashkilotchilar va hamkorlar tomonidan tarqatilishi, ko‘paytirilishi, nusxa olinishi, chop etilishiga rozilik beradilar. Tashkilotchilar va hamkorlar o‘z chiqishlarida fotosurat muallifini ko‘rsatib o‘tish majburiyatini oladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter