O‘zbekistonda yuz bergan blekaut tugadi
![O‘zbekistonda yuz bergan blekaut tugadi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4072761521.jpg)
Ayni paytda mamlakatimizda To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasidan tashqari barcha elektr stansiyalarning ish faoliyati tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27-yanvar kuni soat 16:00 dan respublikamizning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklangan.
Shu bilan birga, Energetika vazirligi elektr energiyasi uzilishlarini oldini olish uchun ehtiyojdan tashqari elektr jihozlarini tarmoqqa ulamaslikni so‘ramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter