«Biz Putinga hujum qilmadik» — Zelenskiy yana bir qaynoq yangilikni oshkor qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlga dronlar hujumi borasida izoh berarkan, rasmiy Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin yoki Moskvaga hujum qilmaganini aytdi.
Ukraina rahbarining bayonoti OAVda tarqalmoqda.
Ayni damda Finlyandiyada tashrif bilan bo‘lib turgan Zelenskiy Ukraina armiyasi katta qarshi hujumni boshlashga tayyorlanayotganini ma’lum qilgan.
Avvalroq Kreml matbuot xizmati 3-mayga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml qarorgohiga hujum qilishga uringanini ma’lum qilgandi.
Hujum natijasida zarar ko‘rilmagan va hech kim jabrlanmagan. Hujum sodir etilgan vaqtda Putin Kremlda bo‘lmagan, deyiladi rossiyalik rasmiylar ma’lumotida.
Zelenskiyning matbuot kotibi ham Ukraina tomoni Moskvaga hujum qilmaganini ta’kidlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter