Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitta vergulni deb Norvegiya Olimpiya terma jamoasi 15 ming dona tuxum oldi

Bitta vergulni deb Norvegiya Olimpiya terma jamoasi 15 ming dona tuxum oldi

Foto: «NRK Norge»

Pxyonchxanda Norvegiya olimpiyachilariga xizmat ko‘rsatayotgan oshpazlar yanglishib 15 mingta tuxumga buyurtma berib yuborishdi. Anglashilmovchilik «Google Translate» onlayn-tarjimonini deb bo‘ldi — u buyurtma matnidagi bitta vergulni olib tashlagan, natijada oshpazlar mo‘ljaldagidan 10 baravar ko‘p tuxum olishgan, deya xabar beradi «NRK Norge».

Xizmatchilardan birining aytishicha, tuxumlarni keltirishganida oshpazlar ham hayron qolishdi — bularni tushirib olishga ancha ko‘p vaqt ketdi. «Ortiqcha» 13,5 mingta tuxumni qaytarishga muvaffaq bo‘lindi. Qolganini esa Olimpiya o‘yinlari davomida sportchilarga pishirib berishadi. Norvegiyaliklarning taomnomasidan quymoq, qaynatilgan va qovurilgan tuxumlar, tuxumli qoqlangan losos o‘rin olgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring