Bishkekda namoyishchilar Atambayev va sobiq vazir Sapar Isakovni ozodlikka chiqardi

Kecha, 5-oktyabr kuni Bishkek markazida saylovlarda respublika parlamentiga kira olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi.
Namoyishchilar Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi turmasida saqlanayotgan sobiq prezident Almazbek Atambayevni hibsdan chiqarishgan. Atambayev deyarli bir yildan beri shu yerda saqlanayotgan edi. U korrupsiya, mansabini suiste’mol qilish va qator jinoyatlarda ayblanadi.
Shuningdek, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-2018-yillarda Qirg‘iziston bosh vaziri bo‘lgan Sapar Isakovni ham turmadan chiqarilgan.
Isoqov ham korrupsiya ishi sabab 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda bir kun oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra, «Birimdik», «Mekenim Kirgizstan», «Kirgizstan» va «Butun Kirgizstan» partiyalari yetarli ovoz to‘play olgan. Saylovda qatnashgan 12 partiyadan 11 tasi natijalarni tan olmagan. Hukmron «Birimdik» partiyasi esa qayta saylovlar o‘tkazishga rozi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter