Birovning puliga «xo‘jayinlik» qilgan bankirga «ish» ochildi
«Ipoteka bank»ning Surxondaryo viloyati filiali sobiq bo‘lim boshlig‘i K.I.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mahkama huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda boshqa sub’yektga ajratilgan 44,5 mln. so‘m kredit mablag‘larini (ularning xabardorligisiz) «F-K» fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bundan tashqari u ikkita fermer xo‘jaligining hisob-raqamiga boshqa fermer xo‘jaliklaridan o‘tkazilgan 150 mln. so‘m mablag‘larini noqonuniy aylanmasini amalga oshirgani ham fosh bo‘ldi.
O‘zlashtirish va mansab soxtakorligi alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter