Birortayam koronavirus aniqlanmagan mamlakat birinchi bo‘lib «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Turkmaniston Rossiyaning koronavirus infeksiyasiga qarshi «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar berdi «TASS» Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi matbuot xizmatiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda ushbu dori xavfsizligi va samaradorligi yuqori baholangan. Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib o‘z hududida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini qo‘llashni rasman ma’qulladi.
«Hamkorlar vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini yuqori baholashdi. Bugungi kunda u koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha dunyodagi yetakchi dori-darmonlardan biri bo‘lib, dunyoning turli mintaqalaridagi hukumat nazorati organlari tomonidan ma’qullangan», — dedi jamg‘arma rahbari Kirill Dmitriyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter