Birinchi sinfga qabul qachondan boshlanishi ochiqlandi

O‘zbekistondagi maktablarda 1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.
1. Mikro-hudud doirasida (20-iyun – 31-iyul).
2. Mikro-hududdan tashqarida (1 - 15-avgust).
Ota-onalar 20-iyun soat 12-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik yelektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat qilinadi.
Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter