Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi Prezidentga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan Zokir Rahimov O‘zbekistonga qaytarildi (video)

Birinchi Prezidentga suiqasd uyushtirishda ayblanayotgan Zokir Rahimov O‘zbekistonga qaytarildi (video)

Foto: «O‘zbekiston 24»

«O‘zbekiston 24» telekanalida 16-fevral voqealari ishtirokchisi Zokir Rahimovning Istanbulda qo‘lga olingani haqida lavha berildi.

DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Istanbulda qo‘lga olingan Zokir Rahimov O‘zbekistonga qaytarildi.

Zokir Rahimov 2000-yildan beri qidiruvda bo‘lgan bo‘lib, Turkiston islomiy harakati, keyinchalik IShID a’zosiga aylangan. 1994-1999-yillarda «Jihodchilar» diniy-ekstremistik oqimi a’zosi bo‘lgan. 1999-yilgi voqealardan keyin u Tojikistonga qochib ketadi. U yerda Turkiston islomiy harakati terroristik tashkilotiga qo‘shilgan. Qisqa vaqtdan so‘ng, Afg‘onistonga o‘tib ketgan.

U taxminan 2012-yilgacha Tojikistonning soxta pasportlari bilan yashab kelgan. 2014-yilda Bahrom Buranov nomiga Turkiyaning soxta pasportini olgan. Keyinchalik Turkiya poytaxtida o‘z faoliyatini davom ettirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring