Birinchi Prezident maqbarasi ziyorat qilindi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi yakunida Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.
Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.
Marhumlarning yaxshiliklarini eslash, qabristonlarni obodonlashtirish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan. Ushbu maqbara ham Prezidentimiz boshchiligida qurdirilgan, aziz ziyoratgohga aylantirilgan. Muborak Ramazon oyida bunday ezgu amallar barcha joylarda yorqin namoyon bo‘lmoqda.
Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter