Birdaniga ikkita niqob taqishning foyda-zarari
Amerikalik ba’zi amaldorlar, jumladan, AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirus infeksiyasiga qarshi bir emas, birdaniga ikkita niqob taqadi: 95-sonli respirator ustiga matoli niqobni taqib olishadi. Bunday ehtiyotkorlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya «RIA Novosti»ga izoh berdi Isroildagi «Shamar Asaf A-Rofe» shifoxonasining terapiya bo‘limi rahbari, shifokor-infeksionist Galina Golsman.
COVID-19dan kundalik himoyalanish uchun standart jarrohlik niqoblaridan foydalanish kifoya, deb hisoblaydi u. Virusli infeksiyani yuqtirgan odam bilan bevosita aloqada bo‘lganda 95-sonli respiratordan foydalanish zarur.
«Respirator alomatlari bo‘lgan bemorni davolaganda, kasallikni yuqtirgan odam bilan muloqot qilganda yoki shunday odamni muolaja qilganda 95-sonli niqobdan foydalangan ma’qul», — dedi Galina Golsman.
Shubhasiz, bittasiga qaraganda ikkita niqob virus zarralarini kamroq o‘tkazadi, ammo bunday ikki karra himoyada odam kislorodni ham kamroq oladi, deb tushuntirdi u.
O‘z navbatida, kislorod yetishmasligi va ortiqcha karbonat angidrid uyquchanlik va charchoqning kuchayishiga olib keladi, deya qo‘shimcha qildi shifokor.
«Odam nafas olganda karbonat angidrid gazini chiqaradi. Burun atrofida karbonat angidrid miqdori ko‘payib ketadi. Bu esa o‘z navbatida charchoq va uyquchanlikni chaqirib, qonda karbonat angidrid ko‘payishiga olib kelishi mumkin», — deya ta’kidladi Galina Golsman.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter