Bir yilda uch yoshga qaritadi. Shunday mahsulotlar ma’lum qilindi
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tananing qarishi odam nima yeyishiga qarab tezlashadi yoki sekinlashadi. Olimlar fastfud va qayta ishlangan qizil go‘shtdan ogohlantiradi, shuningdek ortiqcha tuz va shakar ham umrni uzaytirmaydi, deb hisoblashadi.
Fastfud va konservantlar
2019-yilning oxirlarida Navarra universiteti (Ispaniya) olimlari tajriba o‘tkazdilar: 51 yoshdan 91 yoshgacha bo‘lgan 886 nafar ko‘ngilli so‘lak namunalarini topshirdilar va qanday oziq-ovqatni xush ko‘rishlari haqidagi savollarga javob berishdi. Ularning barchasi 20 yillik SUN Project loyihasi (1999-2018-yy.) tadqiqotlarida qatnashgan. Ekspertlar ovqatlanish odatlari ularning qon bosimiga, diabet, semirish va yurak-tomir kasalligi rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishgan.
Mutaxassislar so‘lakdan DNKni ajratib olishdi va umr ko‘rish davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan telomerlar (xromosomaning so‘nggi qismlari) uzunligini aniqladilar. Odatda, har bir hujayraning bo‘linishi bilan telomerlar kamayadi. Ular juda qisqa bo‘lganda, hujayralar bo‘linib, zararlangan to‘qimalarni «tiklay olmaydi». Bu tananing qarishini anglatadi.
Ko‘ngillilar juda ko‘p konservantlar, ta’m beruvchi qo‘shimchalar, yog‘lar va shakar bilan qayta ishlangan taomlarni qancha vaqt iste’mol qilishlariga qarab guruhlarga bo‘lingan. Aniqlanishicha, eng qisqa telomerlar kuniga kamida uchta porsiya iste’mol qilganlarda topilgan. Ya’ni, ular biologik jihatdan tengdoshlaridan keksaroqdir.
Tuz
Telomer uzunligi sho‘r ovqatni ortiqcha iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 766 nafar o‘spirinni kuzatish shuni ko‘rsatdiki, taomnomada ko‘p miqdordagi tuz bo‘lishi hujayralarning erta qarishini keltirib chiqaradi.
Olimlar ishtirokchilarni ikki guruhga bo‘lishdi. Birinchisi – kuniga o‘rtacha 2,3 gramm, ikkinchisi – to‘rt grammdan sal ko‘proq tuz ista’mol qiladiganlar. Ikkala holatda ham kunlik me’yor buzilgan – bu yoshda u bir yarim grammni tashkil etadi.
Olimlar ishtirokchilardan biologik namunalar olishdi, ulardan DNKni ajratishdi va telomerlarning uzunligini aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, ovqatda tuzi ko‘proq bo‘lgan o‘spirinlarda telomeralar tengdoshlarinikiga qaraganda kalta chiqqan.
Qolaversa, tuzni ko‘p iste’mol qilish yurak va qon-tomir kasalliklari xavfini oshirishi ham isbotlangan.
To‘g‘ri, tuzni to‘liq rad etish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi – tanadagi suyuqlik muvozanatini natriysiz saqlab bo‘lmaydi.
Shirinlik
Amerikalik va nemis tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, erta qarishning eng asosiy sabablaridan biri bu – shirinliklarga haddan tashqari ruju qo‘yishdir.
Bundan tashqari, shirinliklarga bo‘lgan qaramlik ajinlarning erta paydo bo‘lishini keltirib chiqarishi ham isbotlangan.
Ammo shirinlikdan ham butunlay voz kechmaslik kerak. Olimlar shakar o‘rniga urolitinga boy mahsularni tavsiya qilishadi – u yong‘oq, anor va qulupnay tarkibida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter