Bolalarni ovqatlantirishda asosiy xato
Ispan diyetologi Lusiya Martines «La Vanguardia» bilan muloqotda bolalar taomnomasida qayta ishlangan emas, balki yangi tayyorlangan mahsulotlar asosiy o‘rin tutishi kerakligini izohladi, shuningdek, ota-onalar yo‘l qo‘yadigan bosh xatolarni sanab o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha ozuqa (ko‘krak sutiga qo‘shimcha ravishda yoki olti oylikdan so‘ng sog‘lom go‘daklarga beriladigan sutli qorishmalar) sifatida sanoat miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan, rang-barang qutichalardagi bo‘tqalar, jimjimador idishlardagi pyurelarni bolalarga yedirish noto‘g‘ri. Chunki ular tarkibida qand juda ko‘p bo‘lib, bir xil tuzilishga ega.
— Agar go‘dak qattiq taomni ta’tib ko‘rishga o‘tsa, u ta’m va tuzilishlarni o‘rganadi, ovqatlar har xil bo‘lishini tushina boshlaydi, shu tariqa uning tasavvuri kengayadi. Bordi-yu, unga pyure, bo‘tqa va sutli qorishmalar beraversak, go‘dak passiv bo‘lib qoladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga baliqli tayoqcha va kolbasa mahsulotlari o‘rniga go‘sht, baliq berish lozim, — deydi shifokor.
Bundan tashqari, ko‘pincha ota-onalar farzandlariga foydali sabzavotlarni yedirish uchun ularni «yashirishadi», masalan, kartoshkali taomlar orasiga. Biroq to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish uchun kattalarning o‘zlari kichiklarga o‘rnak bo‘lishi darkor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter