Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yil davomida 100 Mbit/s tezlikda cheksiz tekin internet! «O‘zbektelekom» yangi aksiya e’lon qildi

Bir yil davomida 100 Mbit/s tezlikda cheksiz tekin internet! «O‘zbektelekom» yangi aksiya e’lon qildi

Foto: «O‘zbektelekom»

«O‘zbektelekom» kompaniyasi «Yozni UZTELECOM bilan qarshi oling» tanlovining boshlanishi haqida ma’lum qildi. G‘oliblar «Uzonline»dan internet tarmog‘iga ulanish xizmatining «Unlim 100» tarif rejasiga 99% chegirmali yillik foydalanish sertifikatiga ega bo‘ladilar!

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi hududida 2019-yil 12-iyundan 29-avgustgacha o‘tkaziladi. Tanlovda mamlakatimizda yashovchi voyaga yetgan fuqarolar (jismoniy shaxslar) ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  1. «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi quyidagi manzil bo‘yicha «UZTELECOM» rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling: (https://www.facebook.com/uztelecom/)
  2. «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi quyidagi manzilga obuna bo‘ling: (https://www.facebook.com/groups/tshtt.uz/)
  3. Mazkur maqolaga «layk» (https://www.facebook.com/story.php?story_fbid=2476210639097824&id=190483951003849)

Sharhlarda 3 nafar do‘stingizni belgilang.

O‘z sahifangizda ma’lumotni ulashing («Barcha ko‘rishi uchun» belgisi bilan).

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

  • 12.06.2019 dan 29.06.2019 gacha (oxirgi kun). G‘olibni belgilash: 30.06.2019. G‘oliblarni taqdirlash – 01.07.2019 gacha.
  • 12.07.2019 dan 29.07.2019 gacha (oxirgi kun). G‘olibni belgilash: 30.07.2019. G‘oliblarni taqdirlash – 01.08.2019 gacha.
  • 12.08.2019 dan 29.08.2019 gacha (oxirgi kun). G‘olibni belgilash: 30.08.2019. G‘oliblarni taqdirlash – 01.09.2019 gacha.

Tanlovning umumiy sovrin fondi «Uzonline»dan internet tarmog‘iga ulanish xizmatining «Unlim 100» tarif rejasiga 99% chegirmali yillik foydalanish uchun 9ta sertifikatdan iborat.

«Yozni UZTELECOM bilan qarshi oling» tanlovini o‘tkazish qoidalari bilan bu yerda batafsilroq tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring