Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir tashkilot xodimida koronavirus aniqlansa, qolganlar karantinga olinadimi?

Bir tashkilot xodimida koronavirus aniqlansa, qolganlar karantinga olinadimi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda mutaxassis «Bir tashkilotda kimdadir koronavirus aniqlansa, u bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi karantinga olinadimi?» savoliga javob berdi.

«Ko‘pchilik ishlaydigan tashkilotda bitta shaxsda PZR-test natijasi ijobiy bo‘lsa, u bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi shifokor nazoratiga olinadi.

Bunday holatda muloqotda bo‘lganlarning barchasi uyda alohidalanishi va PZR-test topshirishi talab etiladi. Test natijasi ijobiy chiqqan shaxslar shifokor nazoratida belgilangan standartlar asosida davolanadi.

Test natijasi manfiy chiqqanlar esa shifokor nazoratida 10-14 kun davomida uyda alohidalanib karantinda bo‘lishadi va 7 kundan so‘ng qayta PZR-test topshirishadi. Qayta tekshiruv natijasi ham manfiy bo‘lganda, bu shaxs karantindan chiqariladi va odatiy ish faoliyatiga qaytadi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring