Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

«Keng ko‘lamli islohotlarimizning ilk kunlaridan boshlab men bir fikrni doim ta’kidlab kelaman: tadbirkorlikni rivojlantirish — biz uchun strategik vazifa. Bizning tayanchimiz ham, suyanchimiz ham, eng katta kuchimiz ham shu sohada mujassam.

Shu bois tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazdan tortib eng quyi bo‘g‘ingacha — barcha rahbarlarning kundalik ishi bo‘lishi shart», — dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Ayniqsa, joylarda hokimlar har bir tadbirkor bilan ko‘proq muloqot qilib, korxonalarga borib, ularni dardi bilan yashashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi a’zolari davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, aniq takliflarni o‘rtaga qo‘yib kelayotgani alohida ta’kidlandi. Natijada joriy yilning o‘zida tadbirkorlar faoliyati uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.

Prezidentimiz kengash a’zolariga, ular orqali butun ishbilarmonlar hamjamiyatiga ana shunday faollik uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring