Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oy ichida istirohat bog‘larining namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi

Bir oy ichida istirohat bog‘larining namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi

Foto: Xabar.uz

“Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (235-son, 17.04.2025-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025–2030-yillarda umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

2025-yil 15-maygacha istirohat bog‘larining namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Namunaviy loyiha ishlab chiqish va ularni tashkil etishda quyidagilar nazarda tutiladi, jumladan:

- bog‘larning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san’at bilan shug‘ullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish;

- sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qo‘riqlanadigan chegaralarni belgilash hamda daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uning samarali faoliyatini ta’minlash;

- velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa ob’yektlarni o‘z ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlarini barpo etish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring