Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir o‘limdan qolgan muharrir: «Agar olimpiadada qatnashsam oltin medal olishim tayin edi»

Bir o‘limdan qolgan muharrir: «Agar olimpiadada qatnashsam oltin medal olishim tayin edi»

Foto: «New Zealand Herald»

Yangi Zelandiyaning «Adventure Magazine» jurnali muharriri katta oq akulaga yem bo‘lishiga sal qoldi, deb yozmoqda «New Zealand Herald» nashri.

Stiv Dikinson Oklend Stenmor ko‘rfazida, qirg‘oqdan 800 metr olisda baliq ovlayotgandi. Bir payt g‘alati ovozni eshitdi. Qayrilib qarasa: uzunligi 2,5-3 metr keladigan akula. Oq akula qayiq ostidan suzib o‘tishda uni tumshug‘i bilan qattiq turtib, yana suv ostiga sho‘ng‘igan.

Dikinson darrov pichog‘i bilan tuzoq qo‘yilgan xaltani kesib yubordi. Ammo akulani qayiq qiziqtirayotgandi... Stiv eshkak bilan qayta hujumga o‘tgan nahangni urib haydashga urindi. Bu orada langarni amallab tortib olib, bor kuchi bilan qirg‘oq tomon eshkak eshishga tushdi.

«Eshkak eshishga bor kuchimni sarfladim. Mabodo olimpiadada qatnashsam oltin medalni olishim tayin edi. Qayiqdan yiqilib tushsam bormi, aniq akulaga yem bo‘lardim», — deydi Dikinson.

Voqea mart oyida sodir bo‘lgan, o‘shandan keyin Dikinsonning uch haftagacha baliq ovlashga yuragi betlamadi.

«Karantin joriy etilgunicha baliq oviga yana bir marta bordim. To‘g‘risi, tatimadi, — iqror bo‘ldi Dikinson. — «Adventure Magazine»ga maqola yozish uchun shunaqa tavakkal qilishimizga to‘g‘ri keladi. Fidji va Taitida ham akulalar bilan-yonma suzganman, Tasmaniyada ularni suratga olganman. Ammo bunaqa qo‘rqmagandim».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring