Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir necha fuqaroni 197 557 AQSh dollariga «uxlatganlar»ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bir necha fuqaroni 197 557 AQSh dollariga «uxlatganlar»ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda kichkina bo‘lmagan firibgarlik fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «W.C.C.» MChJ ta’sischilari M., A. va boshqalar 2019-yilning oxirgi to‘rt oyi nari-berisida 8 nafar fuqaroni «C» kriptovalyutasini rivojlantirishga pul tiksa,  katta foyda olishini va’da qilib, ularning 197 557 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida fosh etilgani aytiladi.

Holat yuzasidan allaqchon jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida  guruhning boshqa qilmishlari ham aniqlanishi ehtimoli yo‘q emas. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring