Bir haftada uchinchi vazir koronavirus qurboniga aylandi — Zimbabve
Janubiy Afrikada joylashgan Zimbabve mamlakatining to‘rt nafar hukumat a’zosi koronavirus oqibatida vafot etdi.
«Rasmiy organlar Zimbabve transport va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Joel Matiza juma, 22 yanvar kuni COVID-19 oqibatida vafot etganini tasdiqladi», — deyiladi «Sinxua» agentligi xabarida.
15-yanvar kuni viloyat ishlari bo‘yicha vazir Elen Gvaradzimba, 20-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Sibusiso Moyo xuddi shu kasallikdan vafot etgandi.
Ayni paytga kelib Zimbabveda koronavirusga chalinganlar soni 30,5 ming nafardan oshgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni — 962 nafar, sog‘ayganlar — 21 ming nafardan ortiq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter