Bir guruh mansabdorlar DXX tomonidan ushlandi
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan shug‘ullangan mansabdorlarni qo‘lga oldi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali mansabdor shaxsi fuqaroni bo‘lim boshlig‘i lavozimiga qabul qilish va ilmiy ishini himoya qilishida yordam berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Farg‘onada O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi mansabdor shaxsi fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan Toshkent shahar Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Namangan viloyati Uychi tumani hokimligi yuristkonsulti firibgarlik yo‘li bilan mahalliy fermer xo‘jalik rahbaridan 5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter