Bir balosi bo‘lmasa… Medvedev Si Szinpin bilan uchrashdi
Bugun Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevni qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Medvedev Pekinga Xitoy Kommunistik partiyasi taklifiga binoan kelgan. Uchrashuv Dyaoyuytay davlat qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar Rossiya-Xitoy kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashdilar va ikki davlat o‘rtasidagi bugungi munosabatlarga yuqori baho berdilar. Shuningdek, tomonlar postsovet hududidagi, jumladan, Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qilishgan.
Medvedev va Xitoy rahbari eng dolzarb global muammolarga yondashuvlari bir-biriga mos kelishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter