Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bibi Benidan ustun: Isroilda navbatdan tashqari o‘tkazilgan saylov natijalari ma’lum bo‘ldi

Bibi Benidan ustun: Isroilda navbatdan tashqari o‘tkazilgan saylov natijalari ma’lum bo‘ldi

Foto: «Reuters»

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroilda 9-aprel kuni navbatdan tashqari o‘tkazilgan parlament saylovlarida g‘olib chiqdi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Netanyahuning g‘alabasida o‘ng va diniy partiyalar elektorati ko‘pchilikni tashkil etishi katta rol o‘ynadi. Jami ovozlarning 90 foizi sanab bo‘linganidan keyin bu partiyalar birgalikda Knessetdagi o‘rinlarning yarmidan ko‘pini (120 dan 65 ta) qo‘lga kiritdi.

Isroil MSK xabariga ko‘ra, ayni paytgacha 4 milliondan ortiq saylov varaqasi hisoblab chiqildi. Shundan 26 foizdan ko‘p ovoz «Likud» partiyasiga (Binyamin Netanyahu), 26 foizdan kam ovoz uning muxolifi bo‘lmish «Kaxol-Lavan» blokiga (Beni Gans) berilgani aniq bo‘ldi.

Saylov natijalarini onalyn berib boruvchi Knesset saytida «Kaxol-Lavan» bloki «Likud» partiyasi bilan bir xil — 35 ta deputat o‘rniga ega bo‘lishi aytilgan.

«Reyter» ma’lumotiga ko‘ra, «Likud» parlamentda o‘tgan safargidan beshta ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi, bu o‘z-o‘zidan Netanyahuning siyosiy g‘alabasini anglatadi.

Saylovchilarning 68 foizi saylovga kelgani ma’lum qilingan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Netanyahu mana shu saylovda g‘olib chiqsa Isroilning «hududini kengaytirish»ga va’da berib, Yaqin Sharqdagi keskinlikni yanada oshirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring