Bill Geyts Tramp prezidentligi borasida noxush fikr bildirdi
Agar Donald Tramp bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, butun Qo‘shma Shtatlar biznes muhiti katta noaniqlikka duch keladi.
Bu haqda Microsoft asoschisi Bill Geyts Bloomberg agentligiga bergan intervyusida aytdi.
Uning fikricha, Amerika siyosatini bashorat qilish, shuningdek, kim g‘alaba qozonishi va bo‘lajak o‘zgarishlar qanchalik muhim bo‘lishi haqida bashorat qilish qiyin.
25 iyun kuni Reuters xabar berishicha, Donald Trampning maslahatchilari Keyt Kellog va Fred Fleyts unga Ukraina mojarosini hal qilish rejasini taqdim etgan. Bu rejaga ko‘ra, Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan tinchlik muzokaralariga kirishgan taqdirdagina ko‘proq Amerika qurollarini olishni nazarda tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter