«Bilayn» foydalanuvchilari balansidagi pullar yo‘qolib qolmoqda. Kompaniya bunga izoh berdi
Bahorning ilk kunida ijtimoiy tarmoqlarda «Bilayn» kompaniyasining ayrim tarif rejalarida balansdagi pullar yo‘qolib qolayotgani, abonent to‘lovidan ortiqcha pul yechib olinayotgani haqida ko‘plab postlar qoldirildi.
«Status» va «Bir Oy» tarif rejalari foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, oylik to‘lov amalga oshirilganidan keyin nafaqat balansdagi pullar yo‘qolib qolgan yoki ortiqcha yechib olingan, balki aksariyatida mobil aloqa va internet ham uzib qo‘yilgan.
«Bilayn» kompaniyasi ushbu holatga quyidagicha izoh berdi:
«2018-yil 1-mart kunida, «Status» va «Bir Oy» tarif rejalaridan foydalanuvchi ba’zi abonentlarimiz abonent to‘lovining yechilishi bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu holat, milliy valyutaga o‘tish bo‘yicha platformaning yangilanishi, shuningdek, yangi bonuslar taqdim etilishi bilan bog‘liqdir.
Kompaniya ushbu masalani bartaraf etishga harakat qilmoqda. Agarda, Sizning balansingiz yoki trafikingiz noto‘g‘ri aks ettirilgan bo‘lsa, aloqa va mobil internetdan va tarifingiz doirasida xizmatlardan foydalanishda davom etishingiz mumkin. Kompaniya Sizning mablag‘ingiz saqlanishini kafolatlaydi.»
Yuzaga kelgan ushbu muammo to‘liq bartaraf etildimi-yo‘qmi, kompaniya hali aniqlik kiritmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter