Beshta viloyatda hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi

Kecha, 27-aprel kuni O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida majlis o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Xorazm viloyati hokimining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitasi raislari vazifasidan ozod etilgan.
Bundan tashqari, qo‘mitaning markaziy apparatida ham qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu haqda tez orada batafsil ma’lumot beramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter